06.09.2018

Axborot resurs markazi

UrDU huzuridagi XTXQTMOHMning  Axborot-resurs markazi Xalq ta’limi Vazirligining 2009 yil 27 fevralda «O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tizimidagi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari kutubxonalarini axborot resurs markazlari sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi 46-sonli buyrug‘iga binoan  axborot-resurs markaziga aylantirildi.

Markazda 2 ta shtat bo`lib, unda quyidagi xodimlar mehnat faoliyatini olib boradi.

1.Bekchanova Nasiba – Axborot kutubxona texnologiyalari bo‘icha yetakchi mutaxassis;

2.Rajabova Muborak  – mutaxassisligi: kutubxonachi.

Axborot- resurs markazida ish rejimi 6 kundan iborat bo‘lib, soat 900-1700 gacha, shanba kuni  900-1500gacha xizmat ko‘rsatadi. Undan tashqari yotoqxona binosidagi axborot – resurs markaziga qarashli ma`naviyat xonasida har kuni soat 1700-2000 gacha navbatchilik asosida tinglovchilarga xizmat ko‘rsatish tashkil qilingan.

Axborot-resurs markazining umumiy maydoni 106 m kv bo`lib, 4 ta xonadan iborat. Jumladan:

  1. O‘quv zali (o‘rinlar soni 40 ta);
  2. Internet va elektron resurslar xonasi;
  3. Axborot-resurs markazi kitob fondi;
  4. Gazeta va jurnallarni saqlash xonasi;

Markaz kitob fondi soni 9833 ta bolib, shulardan:

– 7048 tasi bosma adabiyotlar;

– 2785 tasi elektron nashrlar.

Jumladan:

– 1523   tasi darslik;

– 3919 tasi metodik adabiyotlar;

– 898   tasi badiiy adabiyotlar;

– 708 tasi ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni tashkil qiladi.

Axborot-resurs markazining vazifalari quyidagilardan iborat:

Axborot-resurs markazining istiqbol va joriy rejalarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini ta’minlash;

Axborot-resurs markaziga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar va texnologiyalarni ishlab chiqishda va ularni amalga oshirish jarayonlarida ishtirok etish;

Elektron katalogdan foydalangan holda, axborot-resurs markazi xizmat ko‘rsatishining yangi turlaridan foydalanishni ta’minlash;

Tinglovchilarning talabiga muvofiq adabiyotlar berilishi va qabul qilishini amalga oshirish, qoniqtirilmagan so‘rovlarning tahlilini olib borishda uning yo‘nalishi va texnologiyasiga muvofiq ravishda axborot-kutubxona ishi jarayonlari bilan ta’minlash faoliyatini bajarish;

Tinglovchilarga bibliografik ma’lumot va axborotlar yetkazib berish;

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish va tinglovchilarga yetkazish;

Tinglovchilarni yangi o‘quv adabiyotlardan individual va jamoaviy tarzda xabardor etish;

Markaz kurs tinglovchilarining mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish;

Markaz xodimlari, tinglovchilar va pedagoglar jamoasi orasida milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni, xalq ta’limining yutuqlari, ilg‘or ta’limiy tajribalar yoritilgan manbalarni keng targ‘ib qilish;

Oliy ta’lim tizimidagi xodimlarining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish;

Markazda axborot-resurs xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, uni texnik jihozlash bo‘yicha markaz direktoriga taklif kiritish;

Tinglovchilar uchun konferensiyalar, kechalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish;

Axborot-resurs markaziga kirim qilingan kitob va gazeta-jurnallarni saqlanishi, tinglovchilarning foydalanishi uchun sharoit yaratish;

Markaz faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni qat’iy ta’minlash.

Axborot resurs markazi bevosita ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy ishlar bo‘yicha markaz direktori hamda direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadi.