06.09.2018

Masofadan o’qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo’limi

Hududiy bo’limda va tuman (shahar) larda masofadan o’qitishni tashkil etish, ta’lim xodimlariga kompyuter savodxonligini berish, internet aloqasini joriy etishga mas`uldir. Ta’lim yo`nalishlari bo`yicha masofaviy kurslarni mt-xtxmom.bimm.uz portali orqali amalga oshiradi. Bo’lim qoshida viloyat bo`yicha 5 ta tumanda masofadan o`qitish ta’lim resurs bo’limlari tashkil qilingan: Gurlan tuman 4-maktab, Hazorasp tuman 1-maktab, Xonqa tuman 31-maktab, Shovot tuman 1-maktab, Qo`shko`pir tuman 2-maktablarda. Hududiy muvofiqlashtiruvchi bo’lim ushbu MO`TRMlarning ishini ham nazorat qiladi.

MO’HMM xodimlarining tarkibi:

  1. Bo’lim boshlig’i:                B.Tajiboyev;
  2. Kurs koordinatori:            A.Jumaboyev;
  3. Muhandis dasturchi:        Z.Jumaniyazova;
  4. Uslubchi:                            N.Xolbayev

 Masofadan o`qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo’limining vazifalari quyidagilardan iborat:

Xalq ta`limi xodimlarini malaka oshirish va qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo`yicha o`qitish kurslari ta`lim dasturlari va o`quv materiallarini tegishli kafedra va bo`limlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish hamda ularning to`plamini shakllantirish;

Malaka oshirish va qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo`yicha o`qitish kurslari tinglovchilarining hujjatlarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida rasmiylashtirish;

O`quv jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda o`tishini va dars soatlarining bajarilishini nazorat qilish;

Xalq ta`limi xodimlarini malaka oshirish va qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo`yicha o`qitish kurslari o`quv jarayoni jadvalini tuzish va o`quv kurslarini tashkil qilish;

Tegishli kafedralar bilan hamkorlikda malaka oshirish va qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo`yicha tashkil qilinadigan kurslarga jalb qilinuvchi konsultant o`qituvchilar-tyutorlar tomonidan o`quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan hududiy bo’lim rahbariyatiga ma`lumotlar tayyorlash;

Tyutorlarni tanlash, ularga texnik va metodik yordam berishda qatnashish hamda ularning ishini nazorat qilish;

Tinglovchilarning kontakt sessiyalariga qatnashish davomati va ularning o`zlashtirishini nazorat qilish;

Tinglovchilar bilan doimiy aloqa bog`lash, zarur metodik yordam berish va topshiriqlarni bajarilishini xolisona baholashni nazorat qilish;

Tinglovchilar bilimini baholash va ularga sertifikat berishni tashkil qilish;

Xalq ta`limi xodimlarini malaka oshirish va qayta tayyorlashning masofaviy shakli bo`yicha tashkil etiladigan kurslari monitoringini olib borish.

Masofadan o`qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo’limi bevosita o`quv-metodik ishlar bo`yicha direktor o’rinbosari va hududiy markaz direktoriga bo`ysunadi.