06.09.2018

O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi

Hozirgi kunda O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limida bo‘lim boshlig‘i, muhandis-dasturchi, uslubchi va dispetcher (jami 4 nafar xodim) faoliyat ko’rsatmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026- sonli Qarori va nizom asosida markazda tashkil etiladigan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarning dars jadvallarini tuzish, tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o`quv jarayonining meyoriy hujjatlarga mos ravishda o`tishini nazorat qilish va dars soatlarining bajarilishini hisobga olish;

Tinglovchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash, ularga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat va diplomlarni rasmiylashtirish, shuningdek, markaz professor-o’qituvchilari va taklif etilgan pedagoglarning oylik dars soati yuklamalarining bajarilishini hisobga olish hamda hisobxonaga maosh to‘lash uchun tavsiya etish;

Markazda tashkil etilgan pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining ishchi o‘quv rejalari va dasturlarini kafedralar tomonidan tuzilishiga rahbarlik qilish va uni markaz direktori tasdig‘iga tavsiya etish;

Har chorakda tumanlar kesimida rejaning bajarilishini tahlil qiladi va tegishli joylarga yetkazib beradi.

Bo‘lim boshlig‘i:

Asqarov Faxritdin Abdusharipovich

Muhandis-dasturchi:

Sobirova Risolat Maqsudovna

Uslubchi:

Bobojonov Oybek Polvonovich

Dispetcher:

Jumaniyozova Gulhumor Ro‘zmatovna

Oquv jarayonini tashkil etish bolimining vazifalari quyidagilardan iborat:

Markazda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o‘quv jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda o‘tishini va dars soatlarining bajarilishini nazorat qilish;

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam berish;

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash;

Ularga beriladigan ma`lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirish;

Malaka oshirish kurslari tinglovchilariga belgilangan tartibda sertifikatlar va ma’lumotnomalar berilishini tashkil qilish;

Markaz professor-o`qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik o‘quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan markaz rahbariyatiga tegishli ma’lumot tayyorlash;

Kafedralar tomonidan markazda tashkil etilgan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarining ishchi o‘quv-mavzu rejalari
va o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;

O‘quv-metodik ishlar bo`yicha direktor o‘rinbosari bilan kelishgan holda ularni markaz direktori tasdig‘iga kiritish;

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratish hamda o‘quv jarayonini tashkil etish;

O‘quv, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining yuqori saviyada tashkil etilishini nazorat qilish;

Doimiy ravishda xalq ta’limi, maktabgacha ta`lim bo‘limlari va malaka oshirish toifalari kesimida malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qilish hamda ma’lumot tayyorlash;

O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bevosita o‘quv-metodik ishlar bo`yicha direktor o‘rinbosari va markaz direktoriga bo‘y sunadi.