05.09.2018

Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi

«Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti» kafedrasi 2014 yil 29-dekabr kunidan faoliyat yurita boshladi. 2018 yil 3 yanvardan UrDU huzuridagi XTXQTMO hududiy markazining “Pedagogika va psixologiya, ta’lim  texnologiyalari” kafedrasi deb  nomlandi.

Kafedra xodimlarining tarkibi:

  1. Salayeva Navbaxor – kafedra mudiri, Psixologiya fanlari nomzodi;
  2. Sobirov Komiljon– Katta o‘qituvchisi, Psixologiya fanlari nomzodi;
  3. Bekchanov Xusain – o‘qituvchi;
  4. Eshchanova Xolida – o‘qituvchi;
  5. Xudayberganova Sharofat – o‘qituvchi.

Kafedra  a’zolari  barcha toifadagi pedagog kadrlarning malakasini oshirish hamda   kasbiy qayta tayyorov  kurslarida o‘quv jarayonini  olib bormoqdalar.

Pedagogika va psixologiya, ta’lim  texnologiyalari kafedrasi professor-o`qituvchilari umumiy o`rta ta’lim maktablari  amaliyotchi psixologlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi (Xorijiy til asoslaridan tashqari) o`quv modullari, shuningdek, barcha toifadagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida “Ilg‘or ta’lim texnologiyalari va jahon tajribasi”, “Pedagogik imidj va kompetentlilik” va “O‘quv faoliyatini boshqarish psixologiyasi” o`quv modullari bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil etadi va o`tkazadi.

Kafedra  viloyatda inklyuziy ta’limni tashkil etish ishlari boyicha viloyat  Yoshlar ittifoqida tashkil qilingan “Inklyuziv ta’lim” bo‘limi bilan hamkorlikda  shartnoma asosida faoliyat yuritmoqda.

MTM boshqarmasi bilan hamkorlikda MTM amaliyotchilari psixologlari  uchun ish xujjatlarini yuritish  mavzusida  seminar-n-treninglarda faol qatnashmoqda.