05.09.2018

Tillarni o’qitish metodikasi kafedrasi

Kafedra 2001-yil 20 oktyabrda tashkil topgan. Undan oldin “Ona tili va adabiyoti kafedrasi ” deb nomlangan (23.IX. 1998-yilda tashkil topgan).
Hozirgi kunda kafedrada 6 nafar o’qituvchi ishlaydi. Ulardan 3 nafari  katta o’qituvchi, bir nafari o’qituvchi. Kafedra xodimlari kurslarda va joylarda kafedraga tegishli fan o’qituvchilariga metodik yordam beradi: ilg`or o`qituvchilarning tajribalari o`rganilib viloyat o`qituvchilariga tarqatiladi, tumanlarda yangi pedagogik texnologiyalarga bag’ishlab seminar-kengashlar o`tkaziladi va boshqa metodik yordam beriladi.

Kafedra mudiri v.b: – Sabirova Nasiba Ergashevna

Kafedraning katta o`qituvchilari:

  1. Masharipova Shoira Rahmanovna
  2. Sobirov Qahramon Salayevich

Kafedra o`qituvchisi:

1.Niyazmetova Shohsanam

Kafedraning ilmiy mavzusi: «“Malaka oshirish tizimida tillarni o`qitish metodikasini takomillashtirishda AKT va innovatsion metodlardan foydalanish’’

Kafedra professor-o`qituvchilari kafedraning ilmiy mavzusi yuzasidan metodik tavsiyalar, uslubiy qo`llanmalar ishlab chiqmoqdalar va dars jarayonida tinglovchilarga taqdim qilmoqdalar. Fanlarni o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan, axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida ahamiyat berilmoqda.  Ona tili va dabiyot fani tinglovchilari, rus tili, ingliz tili fani tinglovchilari tadbirlarni o`tkazishda, tashkillashtirishda faol ishtirok etib kelmoqdalar va bu tadbirlar viloyat OAVlari orqali namoyish qilinmoqda.

Tillarni o’qitish metodikasi”kafedrasining ta’lim

Y O` N A L I SH L A R I
Rus tili va adabiyoti ta’limi;
O`zbek tili va adabiyoti ta’limi;
Olmon tili ta’limi;
Fransuz tili ta’limi;
Ingliz tili ta’limi;

Ta’lim boshqa tillarda o`qitiladigan maktablar uchun o`zbek tili ta’limi.

Kafedrada katta o`qituvchilardan Sobirov Qahramon Salayevich 2017 yildan Urganch Davlat Universitetida katta ilmiy xodim bo`lib, doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Shuningdek, kafedra o`qituvchilari Sabirova Nasiba va Niyazmetova Shohsanamlar ham ilmiy ish ustida mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat olib bormoqdalar va ilmiy ishlarini OAK e’tirof etgan jurnallarda, xalqaro ilmiy jurnallarda nashr qildirib bormoqdalar.

Hududiy markaz tarkibidagi quyidagi kafedralar rahbar, pedagog va boshqa mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

“Tillarni o’qitish metodikasi”kafedrasi professor-o`qituvchilari umumiy o`rta ta`lim maktablarining ona tili va adabiyot (o`zbek, rus va qardosh tillar), o`zbek (Davlat) tili, rus tili (ta`lim o`zbek va qardosh tillarda olib boriladigan sinflarda), xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) o`qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi o`quv modullari, shuningdek, barcha toifadagi xalq xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarida “Xorijiy til asoslari” o`quv moduli bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil etadi va o`tkazadi.