05.09.2018

Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi

“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi 1994-1995 yillarda tashkil qilingan. 2005 yildan “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi deb atala boshlandi.2017 yildan “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi deb atala boshlandi. Kafedrada 2018 yil  asosiy shtatda 9 ta, o’rindoshlik va soatboy  asosida 7 ta professor – o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2 ta doktor, 6 tasi dotsent, 6 ta katta o`qituvchi va 2 nafar o’qituvchi bo’lib, ular fizika, kimyo, biologiya, geografiya, matematika va Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tinglovchilarga ma’ruza va amaliy mashg`ulotlarni olib bormoqdalar.

“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasining ilmiy tadqiqot mavzusi: “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi bo’yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari samaradorligini oshirishning pedagogik va psixologik omillari”.

Kafedraning ilmiy salohiyati 50% ni tashkil qiladi.

Kafedra xodimlarining tarkibi:

  1. Kafedra mudiri:         A.Kulimov-Kimyo fanlari nomzodi, dotsent
  2. Katta o’qituvchilar:

-K. Iskandarov

-R.Davletov

-T.Jumaniyazova

-D.Sobirov

-I.Shixova

-S.Begliyev

  1. O’qituvchilar:

-A.Babajonov

-R.Qurbaniyazov

Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi

Y O` N A L I SH L A R I

Matematika

Fizika

Biologiya

Informatika va axborot texnologiyalari

Geografiya

 Kimyo

Hududiy markaz tarkibidagi qo`yidagi kafedralar rahbar, pedagog va boshqa mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o`qituvchilariumumiy o`rta ta`limmaktablarining biologiya, geografiya, kimyo, fizika, matematika va informatika o`qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi  o`quv modullari, shuningdek, barcha toifadagi xalq xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarida “Axborot texnologiyalari” o`quv moduli bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil etadi va o`tkazadi.