05.09.2018

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi

Hududiy markazimizda o`qish jarayoni 1998 yil 23-sentabr kunidan boshlab shu asosda kafedra tizimiga o`tildi. Shu yili ijtimoiy fanlar va iqtisod kafedrasi tashkil topdi. Kafedraga ilmiy unvonga ega bo`lgan professor o`qituvchilar, fan nomzodlari taklif qilindi va tanlov asosida kafedra mudirligiga professor M.Matniyozov tayinlandi. Respublikamizda Milliy istiqlol g`oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar fanining ta`lim muassasalarida o`qitishning joriy etilishi munosabati bilan 2001-yil 18-oktabr kunidan Ijtimoiy fanlar va ma`naviyat asoslari ta`limi kafedrasi deb nomlandi.

1998-2000 yilgacha kafedra mudirligi lavozimida professor M.Matniyozov, 2000-2003yillarda kafedra mudiri lavozimida tarix fanlari nomzodi dotsent Qurbonboy Sobirov, 2003-2008yillargacha kafedra mudiri lavozimida Institut dotsenti BaxromYaqubov olib bordi.

2008 yil sentabr oyidan kafedra mudiri lavozimiga Iqtisod fanlari nomzodi dotsent Madamin Yadgarov

2013 yil sentabr oyidan kafedra mudiri lavozimiga tarix fanlari nomzodi dotsent Gulchehra Xusainbekova tayinlandi.

2018 yilning yanvar oyidan   t.f.n T.Abdullaev  kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda “Ijtimoiy –iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasida 6 nafar hodim faoliyat olib bormoqda.

  1. Abdullaev Temurbek tarix fanlari nomzodi.
  2. Gulchehra Xusainbekova tarix fanlari nomzodi, dotsent.
  3. Vaisov Azad katta o`qituvchi
  4. Xaydarov Xabibullo o`qituvchi
  5. Nazarov Sardor o`qituvchi
  6. Kurbanova Dilrabo -o`qituvchi

Kafedraning ilmiy mavzusi: Ijtimoiy fanlarni o`qitishda ilg`or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish metodlari.

Kafedraning ta’lim

Y O` N A L I SH L A R I

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarida jamiyat rivoji hamda ta’lim-tarbiya masalalari

Xalq ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning  me’yoriy – huquqiy asoslari

Tarix o`qitish nazariyasi va metodikasi;

Iqtisod o`qitish nazariyasi va metodikasi;

Huquq o`qitish nazariyasi va metodikasi;

Milliy g`oya turkumiga kiruvchi fanlarni o`qitish nazariyasi va metodikasi (Milliy g`oya, Vatan tuyg`usi, Odobnoma);

 Hududiy markaz tarkibidagi qo`yidagi kafedralar rahbar, pedagog va boshqa mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi professor-o`qituvchilari umumiy o`rta ta`lim maktablarining Milliy g`oya turkumiga kiruvchi fanlar, tarix, Davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari o`qituvchilari, “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi (Xorijiy til asoslaridan tashqari)  o`quv modullari, shuningdek, barcha toifadagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarida jamiyat rivoji hamda ta’lim-tarbiya masalalari, Xalq ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning  me’yoriy – huquqiy asoslari o`quv modullari bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil etadi va o`tkazadi.