05.09.2018

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi

Kafedra 6 fan yo`nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan: texnologiya, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at va chizmachilik, musiqa madaniyati fani o qituvchilari, BAM to‘garak rahbarlari, umumta`lim  maktablari yoshlar etakchilari yo`nalishlarida ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yuzasidan ilmiy, ilmiy – uslubiy va o`quv – metodik izlanishlar olib borilmoqda. 2002 yil jismoniy tarbiya, tasviriy san’at va mehnat ta’limi nomi bilan kafedra tashkil etilgan. 2004 yildan boshlab “Amaliy fanlar ta’limi kafedrasi” deb, 2012 yildan “Jismoniy tarbiya va amaliy fanlar ta’limi” kafedrasi deb, 2015 yildan  “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi deb, 2018 yildan esa “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” bo‘lib faoliyat olib bormoqda.

  Kafedraning ilmiy mavzusi: “Amaliy fanlarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish”. 

Kafedra xodimlarining tarkibi:

  1. Kafedra mudiri:         Sh.Kenjayev;
  2. Kafedra professori: p.f.d. E.Ro‘ziyev
  3. Kafedra dotsentlari: p.f.n. X.Matyoqubov,  p.f.n.  O‘. Matnazarov
  4. Katta o‘qituvchilar: S.Qazaqova, A.Yakubov;
  5. Kafedra o‘qituvchilar: R.Begliyev, P.Narziyev, Sh.Yakubov;

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari talim metodikasi kafedrasi
YO`NALISHLARI
Texnologiya fani o‘qituvchilari;
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari;
BAM to‘garak rahbarlari;
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari
Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari;

Umumta’lim maktablari yoshlar etakchilari.

Hududiy markaz tarkibidagi quyidagi kafedralar rahbar, pedagog va boshqa mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim  metodikasi  kafedrasi professor-o‘qituvchilari umumiy o‘rta ta`lim maktablarining jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, tasviriy san`at va chizmachilik, texnologiya fani o‘qituvchilarini,  “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘garak rahbarla hamda umumta’lim maktablari yoshlar etakchilari malakasini oshirish kurslarida “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi o‘quv modullari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etadi va o‘tkazadi.