4 oylik kasbiy qayta tayyorlov kurs bitkazuvchilarga diplom tarqatildi.

Markazimizda 2018-yil 6-iyul kuni soat 1000 da kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni markaz direktori Yu.R.Saidov kirish so’zi bilan ochib berdi va bitkazuvchi tinglovchilarga o’zining samimiy tilaklarini bildirib o’tdi.

S.Abdikarimova – O`z.Res. Oliy Majlisi senatori. Xorazm viloyati xokimligi XFO`O`BOXMOB o`quv kurslari direktori o’zining tabriklari va Maktabgacha ta`lim tizimi – davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi haqida adbir ishtirokchilarga ma’lumot almashdi.

Urganch davlat universiteti huzuridagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3289 va VM ning 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-sonli “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarorlarining ijrosini ta`minlash maqsadida, 2018-yil 22 fevraldan – 30 iyungacha maktabgacha ta`lim muassasalari uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil qilindi.

Ushbu kurslarda Defektologiya (logopediya) yo`nalishi bo`yicha-85, Amaliy psixologiya yo`nalishi bo`yicha-78, MTM tarbiyachisi yo`nalishi bo`yicha-336 nafar tinglovchi muvaffaqiyatli  tugatdi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan