Xorazm Ma`mun akademiyasi bilan tanishuv.

Kuni kecha matematika kursi tinglovchilari bilan «Xorazm Ma`mun akademiyasi bilan tanishuv» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.Tadbirda Z. Rajabov Xorazm ma`mun akademiyasi Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasi mudiri, A.Babadjanov XTXQTMOIHM o`qituvchisi va matematika kurslari tinglovchilari ishtirok qilishdi.

Anjumanni kirish so`zi bilan Xorazm ma`mun akademiyasi Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasi mudiri Z.Rajabov ochdi.  Z.Rajabov 1997 yil 11 noyabrda O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan «Xorazm Ma`mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to`g`risida»gi farmoniga ko`ra tashkil qilinganligini aytib o`tdi va Ma`mun akademiyasi 2 ta muzey zali bilan tanishtirdi..

XTXQTMOIHM  o`qituvchisi A.Babadjanov. – “Xorazm ma`mun akademiyasi tarixi” mavzusi bo`yicha ma`ruza qildi.

Tarixdan ma`lumki, VII asrga kelib hozirgi Arabiston Yarim Orolida ko`chmanchi chorvodor Arab qabilalarining markazlashgan garbiy fiodal davlati qaror tashkil topgan. Madina shahri barcha Arab kabilalarini O`ziga birlashtirgan siyosiy markazi bulib, Islom dini buni yangi davlatning   mafkurasi sifatida  vujudga keldi.

Xalifa Xorun ar-Rashid davriga kelib qadimgi yunon va rim, shuningdek Eron, O`rta Osiyo va Hind xalqlarining utmish tarixi va ilm faniga kizikish yanada kuchaygani bois sifatida turli soha va turil millatga mansub olimu tarjimonlarni birlashtirgan «Bayt ul hikma» deb atalgan ilmiy markaz tashkil etildi. «Bayt ul hikma» Sharqda tashkil etilgan tom ma`nodagi birinchi Fanlar Akadamiyasi edi. Akademiya o`sha davr fan olimi uchun murakkab tuzilmadan iborat bo`lib, uning tarkibida: alohida fan xonalari, ilmiy laborotoriyalar, zamonasining eng yirik kutubxonasi, majlislar zali, iqtidorli yoshlar ta`lim oladigan madrasa, eng yaxshi jihozlangan rasadxona, qadimgi qo`lyozmalarni qayta ta`mirlash va muqovalash usta xonasi va boshqa bo`limlar bo`lgan. «Bayt ul hikma» ning barcha hujjatlari xalifalik tomonidan ta`minlangan.  Bu vaktga kelib Arab tili butun Musulmon olamida xalqaro aloqa vositasi, ilm fan va ma`naviyat tiliga aylangan.

Xorazm ma`mun akademiyasining hozirgi faoliyati to`g`riisda E.Kuryazov so`zga chiqib hozirda 5 ta fundamental, 5 ta ilmiy-amaliy va bitta yosh olimlarning ilmiy amaliy loyihalari bajarilmoqda. Jumladan, akademik A.Sa`dullayevning “Kompleks potensiallar nazariyasida plyuripolyarlik xususiyatlari va moslangan manbali chekli differensial ayirmali tenglamalar” mavzusidagi loyihasi matematikaning nazariy masalalariga bag`ishlanganligi bilan diqqatga sazovor. Tarix fanlari nomzodi S.R.Baratovning “Xorazm urbanizatsiyalashgan madaniyatining eng qadimgi va qadimgi tarixi (Janubiy Xorazmdagi arxeologik tadqiqotlar ma`lumotlari asosida)” mavzusidagi ilmiy loyiha ishtirokchilari Hazorasp tumanida arxeologik qazish ishlarini boshlab yubordilar. Tarix fanlari nomzodi T.P.Abdullayev ilmiy rahbarligida “Xorazm tarixi I-II jildlar (I jild. Eng qadimgi davrlardan V asrgacha. II jild. V-XV asrlar)” mavzusidagi loyiha amalga oshirilmoqda. Qishloq xo`jalik fanlari nomzodi Sh.Yu.Qodirovning “Xorazm tuproq iqlim sharoitlarida dorivor o`simliklarni o`stirish texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish”, biologiya fanlari nomzodi F.Sapayevaning “Tuyamo`yin suv omborining tozalik darajasini aniqlashda ishtirok etuvchi indikator mikroorganizmlarning rolini o`rganish”, texnika fanlari nomzodi I.Ro`zmetovning “Tashqaridan issiqlik beriladigan dvigatel (TIBD) yaratish”, texnika fanlari nomzodi G.Durdiyevaning “Paxsadevor me`moriy yodgorliklarini tashqi muhit ta`siridan himoya qilishning ilmiy asoslangan uslublarini ishlab chiqish (Xorazm va Qoraqalpog`iston hududi)”, tarix fanlari nomzodi, dotsent S.Davletov ilmiy rahbarligida “Xorazm viloyati aholisi ekologik madaniyatini oshirish orqali ekologik holatini yaxshilash” va boshqa ko`plab ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda deb ma`lumotlar berdi.

“Xorazm ma`mun akademiyasida faoliyat olib borgan olimlar” haqida XTXQTMOIHM matematika fani kurs tinglovchisi  O.Kurbanboyev ma`lumotlar berdi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan