“Mehringizdan dunyo charag’on aziz ustozlar” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi.

Shu yilning 29 sentabr kuni “1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan matematika ana’naviy malaka oshirish kurs tinglovchilar va hududiy markaz ma’muriyati ishtirokida “Mehringizdan dunyo charag’on aziz ustozlar” nomli badiiy kecha bo’lib o’tdi.

Tadbirni kirish so’zi bilan hududiy markaz direktori Yu.Saidov ochib berdi va bayram bilan barcha kurs tinglovchilarini samimiy qutladi.

Kurs tinglovchilari ishtirokida tashkil qilingan sahna ko’rinishlari va qiziqarli ma’lumotlar, kecha tomoshabinlarini o’ziga jalb qildi va yuqori kayfiyatda bo’ldi.

Ushbu badiiy kecha viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan yoritildi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan