Fan va texnika yangiliklaridan ta`lim jarayonida foydalanishning ahamiyati

Kuni kecha hududiy markazimizda professor o’qituvchilar hamda kurs tinglovchilari ishtirokida “Fan va texnika yangiliklaridan ta`lim jarayonida foydalanishning ahamiyati” o`quv uslubiy seminar tashkil qilindi.

UrDU huzuridagi XTXQTMOXM ning o`quv-uslubiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbozari B.Qalandarov so`zga chiqib 20 oktabr kuni markazda tashkil etilgan “Fan va texnika yangiliklaridan ta`lim jarayonida foydalanishning ahamiyati” o`quv uslubiy seminar haqida to`xtalib o`tdi. Seminarda bir nechta fan arboblari qatnashib, bugungi kunda fan va ta`lim sohasidagi yangiliklar bo`yicha o`z malakalarini oshirayotgan fizika fani o`qituvchilari bilan suhbatlashishdi. Jumladan O`zbekiston Respublikasi yadro fizikasi instituti katta ilmiy xodimlari, fizika-matematika fanlari  nomzodlari Tadjiboyev Pulat Aripovich va katta ilmiy xodim fizika-matematika fanlari nomzodi Vasidov Abdusamadlar prezidentimiz tomonidan O`zbekistonda atom-yadro fizikasi sohasini yanada rivojlantirish bo`yicha keyingi yaqin kunlardagi ishlari bo`yicha to`xtalib o`tishdi.

Fizika fanining o`qitilish va fan o`qituvchilarga qo`yilayotgan talablari,  Respublikamizning nufuzli oliygohlaridagi ta`lim jarayoni tashkil etilishi jarayonlari yuzasidan O`zbekiston milliy universiteti katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari  nomzodi Achilov Tal`atbek Saydaxmetovich,Buxoro Davlat universiteti professori,pedagogika fanlari doktori Qaxxarov Siddiq Qaxxarovich, Qarshi Davlat universiteti dotsenti, fizika-matematika fanlari  nomzodi G`aniyev Abduqaxxor Gadayevichlar o`z ma`ruzalarida bayon qilib o`tishdi.

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-metematika fanlari doktori Shuhrat Yusupov mamlakatimizda seysmologiya sohasini o`rganishning ilmiy, iqtisodiy,siyosiy tomonlarini o`quvchilarda ta`lim jarayonida qanday singdirib borish usullarini o`z suxbati davomida yoritib berdi.

Seminar davomida tinglovchilar o`zlarini qiziqtirgan sohalar bo`yicha savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar, fikr va mulohazalar bildirdilar. Bugungi kunda fizika sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yadro fizikasi bo`yicha erishilgan yutuqlar haqida fikr almashildi. Ayniqsa O`zbekistonda qurilishi rajalashtirilayotgan atom elektrostansiyasi va shu sohada ishlaydigan kadrlarni tayyorlash yo`nalishida olib borilayotgan ishlar bo`yicha ko`plab savollar berildi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan