Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish.

Hududiy markazimizda «Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish» mavzusida Ichki Ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlari va Akademiya katta o’qituvchisi podpolkovnik R.N.Raxmanov ishtirokida davra suxbati bo’lib o’tdi.

Tadbirni hududiy markaz direktor o’rinbosari Boltaboy Qalandarov kirish so’zi bilan ochib berdi va kurs tinglovchilariga bugungu kunda dunyoda yuzaga kelayotgan voyaga yetmaganlar bilan bog’liq muammolar to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tdi.

Akademiya katta o’qituvchisi podpolkovnik R.N.Raxmanov va 2-kurs kursantlari O.Otaboyev, A.Xudayberganovlar «Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish», «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi qonun va «Yoshlar – keljagimiz» davlat dasturi to’g’risida axborot berishdi.

Tadbir jonli muloqot tarzida o’tdi va kurs tinglovchilari o’zlarining qiziqtirgan savollariga bevosita javob oldilar.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan