MTM qayta tayyorlov kurslarga yakuniy attestatsiya o’tkazildi.

Hududiy markazimizda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3289 va VM ning 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-sonli “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarorlarining ijrosini ta`minlash maqsadida, 2018-yil 22 fevraldan – 30 iyungacha maktabgacha ta`lim muassasalari uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil qilindi.

Defektologiya (logopediya), Amaliy psixologiya, MTM tarbiyachisi yo`nalishi bo`yicha tinglovchilarga  yakuniy attestatsiya sinovlari o’tkazildi.

Test jarayonini bevosita markaz rahbari hamda DTM viloyat vakili kuzatdi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan